
SQA sinov laboratoriyasi
Xamidulla Ubaydullayev
Sinov laboratoriyasi rahbari
Xamidulla Ubaydullayev SQA Group sinov laboratoriyasiga rahbarlik qiladi. U laboratoriyaning akkreditatsiya sohasi doirasida sinov dasturlarini (sertifikatlashtirish, davriy, inspeksiya, solishtirma va arbitraj sinovlari) tahlil qiladi va tasdiqlaydi. Natijalar xolis bo’lishi uchun namunalar laboratoriyaga topshirilishidan oldin kodlanadi. Sinov bayonnomalarini dastur va normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshiradi, tasdiqlaydi va arizachiga taqdim etadi. Bundan tashqari, uskunalarning metrologik holati va normativ hujjatlarning dolzarbligini nazorat qiladi, laboratoriyaning ichki hujjatlarini yuritadi va ichki auditlarni rejalashtiradi.



