O'ZAKK.MS.0052 · O'z DSt ISO/IEC 17065:2015
Sertifikatlash organi
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi O'z DSt ISO/IEC 17065:2015 talablariga muvofiq faoliyat yuritadi va O'ZAKK.MS.0052 raqamli guvohnoma asosida akkreditatsiyalangan.
Faoliyat doirasi
Organ akkreditatsiya sohasiga kiritilgan mahsulot guruhlari bo'yicha majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishni amalga oshiradi: hujjatlarni ko'rib chiqish, namuna olish, sinovlarni tashkil etish, muvofiqlikni baholash va sertifikat berish.
Xolislik kafolati
Sertifikatlash qarorlari tijorat, moliyaviy yoki boshqa bosimlardan mustaqil ravishda qabul qilinadi. Xolislikka tahdidlar muntazam tahlil qilinadi va bartaraf etiladi.
Sertifikatlash bosqichlari
- 1Ariza topshirish va hujjatlarni ko'rib chiqish
- 2Namuna olish va identifikatsiya
- 3Akkreditatsiyalangan laboratoriyada sinovlar
- 4Natijalarni tahlil qilish va qaror qabul qilish
- 5Sertifikat berish
Onlayn ariza
Sertifikatlash yoki sinov bo'yicha arizani qoldiring — mutaxassislarimiz bir ish kuni ichida siz bilan bog'lanishadi.
Ariza uchun kerakli hujjatlar
- Invoys yoki schyot-faktura
- Yuk xati yoki transport hujjati
- TN VED kodi va mahsulot tavsifi
- Mahsulotning normativ hujjati (GOST, TSh yoki boshqa standart)
- Mavjud bo'lsa — kelib chiqish sertifikati
Majburiy sertifikatlashtirish bo'yicha rasmiy ariza "Yagona darcha" (singlewindow.uz) yoki TRIS tizimi orqali ham topshirilishi mumkin. singlewindow.uz →
